GLOBALLASHUV SHAROITIDA SHAXSDAGI MADANIYATLARARO KOMPETENSIYANING AHAMIYATI

Authors

October 27, 2023

Downloads

Zamonaviy jamiyatning rivojlanish tendensiyalari o‘z ichiga integratsiya jarayonlari, globallashuv va madaniyatlararo o‘zaro ta’sir doiralarining kengayishini oladi. Bu jarayonlar inson hayotining madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va kundalik hayot kabi deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. Qanday bo‘lmasin, insonlar hayotlari davomida boshqa madaniyat vakillari bilan, masalan, qo‘shnilar yoki hamkasblar sifatida muloqot qilishadi. Bunday muloqot jarayonida til to‘sig‘i, dunyoqarashdagi farqlar va madaniy xususiyatlar tufayli qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Bu holat tolerantlik va empatiyani shakllantirishni, samarali o‘zaro ta’sirni muvaffaqiyatli integratsiya qilish va amalga oshirish uchun universal xulq-atvor namunalarini tezda moslashtirish va egallash qobiliyatini talab qiladi. Bunday ko‘nikma va qobiliyatlar chet elda ishlash yoki o‘qish, ko‘p madaniyatli jamoada samarali hamkorlik qilish uchun zarurdir. Bunda madaniyatlararo kompetentsiyani rivojlantirish dasturlari yordam berishi mumkin.