АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ИШ ЖОЙЛАРИДА ФОЙДАЛАНИШ

Authors

December 13, 2023

Downloads

Hozirgi kunda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi. Davr taqozosi bilan bu universal texnikaning imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan to‘liq o‘rganilishi kerak. Shuning uchun ham, kompyuterda ishlashni bilish iqtisodchilarni ishga qabul qilishdagi asosiy talablardan biri ekani tasodifiy hol emas. To‘g‘ri, hozircha, faqat juda oddiy «elektron ofis»ning dasturiy ta’minlanishini bilish talab qilinmoqda, xolos. Ammo talablar yildan-yilga, borgan sari ortmoqda, chunki kompyuter istalgan sohadagi iqtisodchi — moliyachi, hisobchi, rejalashtiruvchi, tahlilchi, menejer va boshqalarning asosiy ish quroliga aylandi. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari mutaxassisga iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda samarali foydalanish imkonini bermoqda.