ATOM ENERGIYASINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING TARIXIY VA SIYOSIY JIHATLARI

Authors

  • Nishonov Abdulloh Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi o’qituvchisi
December 14, 2023

Downloads

Dunyo miqiyosida Yaponiyaning Hirosima va Nagasaki provinsiyalariga tushirilgan atom bombalari bu enegriya manbasining naqadar vayronkor xususiyatga ega ekanligini yana bir bor jahon hamjamiyatiga isbotlab bergan hodisa bo‘ldi. Shu tariqa atom energiyasiga bo’lgan salbiy qarashlar yanada kuchaydi. Ammo yadro fizigi Alvin M.Veinberg 1945 yilning dekabr oyida AQSH senatining Atom energiyasi bo‘yicha maxsus qo‘mitasida shunday degan edi: “Atom energiyasi o’ldirish bilan birga g’amxo’rik ham qila oladi. U mintaqani vayron qilishi bilan birga oziqlantirishi va boyitishi mumkin. U insonning imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga uni yana g’orga qaytarish kuchiga ham ega”. Yadro fizigining ushbu fikrlaridan birgina energiya vositasining ham ijobiy ham salbiy jihatlari borligini anglab yetish qiyin emas. Quyida biz aynan atom energiyasidan foydalanishni huquqiy tartibga solishning tarixiy va siyosiy jihatlarini ko’rib chiqamiz.