TRANSPORT XIZMATLARINI TASHKIL ETISHNING MOHIYATI VA UNING TURIZMDAGI AHAMIYATI

Authors

December 11, 2023

Downloads

Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan keyin, milliy iqtisodiyotimizga tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Izchillik bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning pirovard natijasi sifatida vujudga kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlar xizmat ko’rsatish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda ushbu soha ijtimoiy va xalqaro mehnat taqsimotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, milliy iqtisodiyotni jadal su’ratlar bilan rivojlantirayotgan, aholi turmush darajasi hamda sifatini yaxshilashda yuqori samara berayotgan soha bo’lib hisoblanadi. Turizmning rivojlanish tarixi transportning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Hozirgi kunda sayyohlar butun dunyo bo'ylab harakatlanishda bir necha o'n yillar oldin duch kelishi mumkin bo'lgan transport bilan bo’gliq muammolarga duch kelmaydi. Globallashuv yuk va yo'lovchi tashish hajmi va shaklini o'zgartirdi, xalqaro va milliy transport tizimlariga talabni oshirdi.