TURIZMDA TRANSPORT XIZMATLARINI SIFATINI OSHIRISHNING JAHON TAJRIBASI VA UNDAN O‘ZBEKISTONDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Authors

December 11, 2023

Downloads

Hozirgi kunda jaxonda ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar va yangiliklar turizm sohasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Hozirda iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar turizm xizmatlar bozorini yaxshilash orqali o‘z iqtisodiyotini barqaror ushlab turish va uni rivojlantirish mumkinligini anglab yetishgan hamda turizm istiqboliga ishongan va uni imkoniyatlaridan foydalanish orqali ko‘plab muammolarni yechish mumkinligiga ishongan mamlakatlar oqilona o‘z siyosatlarini amalga oshirmoqdalar va o‘zlarining milliy iqtisodiyotini yuksaltirishda samarali natijalarga erishmoqdalar. Turizmda transportni rivojlantirish bo‘yicha har qanday dasturlarni amalga oshirish har bir hududning imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda zamonaviy yondashuv va usullarning barcha turlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Turizmda transportning roli muttasil ortib borishi natijasida turizmda transport infratuzilmasi nafaqat turistik resurslar mavjudligini ta’minlovchi vositaga, balki turistik resurs xususiyatlariga ham ega bo‘ladi. Shu sababdan turizmda transport infratuzilmasini o‘rganish va uni rivojlantirishning optimal usullarini va bu tizimni boshqarishning samarali yo‘llarini izlashga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.